Tramp musulmonlarni Ramazon oyi bilan tabrikladi

Tramp musulmonlarni Ramazon oyi bilan tabrikladi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Ramazon oyi munosabati bilan barcha musulmonlarga tabrik yo‘lladi. Bu haqda Oq uy xabar berdi.

“Bugun Ramazon oyi kirib kelishini nishonlayotgan barcha musulmonlarga o‘z salomim va ezgu tilaklarimni yo‘llayman. Har bir Ramazon oyi ma’naviy yangilanish, chuqur mushohada va Parvardigorning behisob ne’matlarini qadrlash fasli hisoblanadi”, deyiladi Trampning tabrigida.

Oq uy yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab amerikaliklar uchun bu muqaddas davr ibodat qilish va ro‘za tutish, oilaviy va jamoatchilik aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, mehr-shafqat, saxovat, rahmdillik va kamtarlik kabi umumiy qadriyatlarni tasdiqlash imkonini beradi.
“Parvardigor in’om etgan erkin ibodat qilish huquqi millatimizning asosiy belgisi, farovonligimiz va qudratimizning poydevoridir.

Shu bois, mening ma’muriyatim har kuni barcha fuqarolarning o‘z e’tiqodini amalga oshirishi, vijdoniga amal qilishi va erkin ibodat qilishini ta’minlamoqda.

Zero, din erkinligi degani o‘z diningizga faxr ila va ta’qib qilinishdan qo‘rqmay amal qilish erkinligi demakdir”, deyiladi tabrik xatida.
U, shuningdek, barchaga yaxshi kunlar va tinchlik tilagan.
“Ushbu marhamat va ezgulik mavsumida men xonadonlaringizga baxt-saodat va farovonlik, butun dunyoga hamjihatlik va tinchlik, kelgusi oylarda ham baraka tilab duolar qilaman”, degan Oq uy yetakchisi.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.