«Yashil-sariq-qizil» — mahallalar ham endi toifalanadi

«Yashil-sariq-qizil» — mahallalar ham endi toifalanadi

Mahallalarda “yashil–sariq–qizil” xavf indikatorlari joriy etiladi.

2028 yildan boshlab O‘zbekistonda har bir mahallada xavf ko‘rsatkichlari avtomatik tahlil qilinadi. Natijaga ko‘ra hududlar uch toifaga ajratiladi: “yashil” — xavfsiz, “sariq” — ehtiyot choralari kerak, “qizil” — yuqori xavf va kuchaytirilgan nazorat talab etiladi.

Tizim doirasida uy xo‘jaliklarida texnik-profilaktik ko‘riklar o‘tkaziladi, gaz va elektr jihozlari tekshiriladi, har bir mahalla uchun xavfsizlik pasporti shakllantiriladi. 2028–2030 yillarda sohani sun’iy intellekt va geoaxborot tizimlari asosida raqamlashtirish rejalashtirilgan.