Taniqli Ömon adibasi Jokha Alharthi:
“Biz hayotning nozik quşi qanotlariga şunçalik mahkam yopişdikki, ular qöllarimizda erib ketdi. Keyin esa özimiz vayron qilgan öşa quşning qonini içib, özimizga “Biz baribir davom etamiz» dedik”, deganda naqadar haq edi. Yozuvçi öz asarlarida umumbaşariy qadriyatlarni qalamga oladi. Darhaqiqat, millatda çin şoir-yozuvçi bor ekan, uning kelajagidan havotir olmasa ham bölaveradi. Ya’nikim, ijodkor xalqi öz ğami bilan emas, millat dardi bilan hayot keçiradi.
Şu ma’noda Jokha Alharthi ham mana şunday millatsevar adibalardan. Uning 2019-yilda nufuzli Xalqaro Buker mukofoti bilan taqdirlangani nafaqat yozuvçining, balki Ömon adabiyoti ğalabasi, desam mubolağa emas.
Özbekiston va Ömon xalqlari nafaqat adabiy, balki madaniy a’loqlar ham örnatgan. Ikki xalq öziga xos tarixiy tajriba, boy ma’naviy meros va qadimiy madaniy an’analarga ega mamlakatlar hisoblanadi. Bir tomonda Markaziy Osiyoning qadimiy sivilizatsiyalari, Ipak yöli çorrahalarida şakllangan şaharlar, maqom va dostonçilik maktablari bölsa, ikkinçi tomonda Arabiston yarim orolining tarixiy merosi, boy oğzaki ijod an’analari va öziga xos san’at olami namoyon böladi. Bu ikki madaniy makonning uçraşuvi, avvalo, bir-birini anglaş, örganiş va qadrlaş uçun yangi imkoniyatlar yaratişi bilan ahamiyatli, deb öylayman.
Bugungi kunda ikki davlat örtasidagi madaniy hamkorlik hukumatlar darajasida imzolangan qator kelişuvlar asosida izçil davom etmoqda. Mazkur munosabatlarning yana bir muhim yönalişi xalqaro madaniy muloqot maydonlarida namoyon bölmoqda. Xususan, Islom olami ta’lim, fan va madaniyat taşkiloti – AYSESKO doirasidagi hamkorlik ikki mamlakatning madaniy aloqalarini kengroq xalqaro jarayonlar bilan uyğunlaştirişga xizmat qilmoqda. Zero, umuminsoniy qadriyatlar, tarixiy merosni asrab-avaylaş va madaniy xilma-xillikni hurmat qiliş kabi tamoyillar xalqlarni yaqinlaştiruvçi muştarak qadriyatlardir.
Yurtimizda ötkazilgan xalqaro madaniy tadbirlar Ömon Sultonligi bilan aloqalarimizning naqadar ijobiy ekanini amaliy ifodasidir. Mamlakatimizda an’anaviy ravişda taşkil etiladigan “Şarq taronalari”, “Maqom” va “Baxşi” xalqaro festivallari, şuningdek, Xalqaro hunarmandçilik anjumanlarida Ömon vakillarining muntazam iştiroki alohida e’tiborga munosib. Bu tadbirlar şunçaki san’at namunalarini namoyiş etiş maydoni emas. Ular orqali turli xalqlarning musiqiy tafakkuri, ijodiy qaraşlari va milliy özligi namoyon böladi. Bir sahnada turli yurtlarning kuy-qöşiqlari yangraşi, bir körgazmada turfa hunarmandçilik an’analari jamlanişi madaniyatning çegara bilmas tabiatini yana bir bor körsatadi.
Xabaringiz bor, 2021 yil 22 iyunda Ömon Sultonligining mamlakatimizdagi elçisi örtasida bölib ötgan uçraşuvda ikki tomonlama madaniy munosabatlar rivoji haqida suhbatlaşgan edik. Unda madaniyat va san’at sohasidagi hamkorlikning mavjud holati, uning istiqbollari va yangi imkoniyatlari ilgari surilgandi. Bunday uçraşuvlarning ahamiyati şundaki, ular mavjud aloqalarni tahlil qiliş bilan birga, kelgusi hamkorlik yönalişlarini belgilaş uçun ham xizmat qiladi.
Ayni paytda Özbekiston va Ömon hukumatlari darajasida madaniyat sohasida özaro anglaşuv memorandumini imzolaş masalasi işlab çiqilmoqda. Bu taşabbusning mohiyatini ikki mamlakat örtasidagi madaniy munosabatlarga yanada aniq va barqaror huquqiy asos yaratadi, albatta. Taklif etilayotgan hujjatda madaniy tadbirlar, dasturlar va loyihalarni rivojlantiriş, soha xodimlari, mutaxassislar, muassasa va taşkilotlar örtasida axborot almaşinuvini yölga qöyiş, bevosita aloqalarni rağbatlantiriş kabi muhim yönalişlar közda tutilgan.
Ayniqsa, mamlakatlar aro madaniyat kunlarini taşkil etilişi xalqlarning urf-odat va an’analari bir-biriga namoyon bölişiga zamin yaratadi. Bu borada madaniyat kunlarining örni beqiyos, albatta. Jumladan, Özbekiston san’at va madaniyatini Ömon xalqiga, Ömonning boy madaniy merosini esa yurtimiz ahliga yaqindan taniştiriş xalqlar örtasidagi ma’naviy riştalarni yanada mustahkamlaşi şubhasiz.
Memorandum loyihasida kutubxonaçilik sohasidagi hamkorlikka ham alohida örin ajratilgani bejiz emas. Kitob va qölyozmalar har bir millatning tarixiy xotirasini saqlovçi noyob manbalardir. Ularni asraş, restavratsiya qiliş, muhofaza etiş va zamonaviy texnologiyalar yordamida raqamlaştiriş bugungi kunda madaniy merosni kelajak avlodlarga yetkazişning muhim şartlaridan hisoblanadi. Şu bois ikki mamlakat kutubxonalari va tegişli muassasalari örtasida tajriba hamda axborot almaşinuvini yölga qöyiş katta ahamiyat ega.
Özbekiston va Ömon örtasidagi madaniy aloqalarning amaliy ifodasi sifatida 2025 yil 26-30 aprel kunlari Xorazm viloyatining köxna va navqiron şahri Xivada ötkazilgan Xalqaro baxşiçilik san’ati festivalini aytiş kifoya. Unda Omon Sultonligidan “Al-Şahba” jamoasining iştirok etgani mamlakatimizdagi yirik madaniy tadbirlarga Ömon vakillari ham qiziqiş va e’tibor bilan munosabatda bölayotganini körsatadi. Bu esa, Ömon davlatining yurtimizga munosabati iliq ekanidan dalolat.
Madaniyat sohasidagi xalqaro hamkorlikni, avvalo, xalqlarning bir-birini anglaşi va özaro hurmatini mustahkamlaşga xizmat qiladigan muhim ma’naviy jarayon, deb qarayman. Çunki davlatlararo munosabatlarning mustahkamligi faqat rasmiy hujjatlar yoki uçraşuvlar bilan emas, balki xalqlarning qalbida bir-biriga nisbatan işonç va hurmat tuyğulari bilan ölçanadi. Adabiyoti va san’ati bir-biriga qorişib ketayotgan Özbekiston va Ömon xalqlari döstligi abadiy bölsin.
Ozodbek Nazarbekov
Özbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri
Ikki xalqning çegara bilmas madaniy aloqalari
