Paxtachi tumanida isteʼmolga yaroqsiz yogʻ ishlab chiqarayotgan xonadon aniqlandi

Paxtachi tumanida isteʼmolga yaroqsiz yogʻ ishlab chiqarayotgan xonadon aniqlandi
Foto: Prokuratura Deportamenti

Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida yashirin sex orqali qoʻlbola usulda yogʻ ishlab chiqarish holati aniqlandi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Xabarda keltirilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtachi tuman boʻlimi tomonidan tumanda tezkor tadbir o’tkazilgan. Unda “Boʻston” MFYdagi xonadonda yashovchi M.A. oʻz uyining yordamchi xoʻjaligida yashirin sex tashkil etib, qoʻlbola usulda yogʻ ishlab chiqarish bilan shugʻillanib kelganligi aniqlanga. M.A. uyidagi sexdan 540 litr isteʼmolga yaroqsiz yogʻ, 1 790 kg. paxta chigiti va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar-moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Madina ERKINOVA, tayyorladi. muhim24.uz muxbiri.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.