Paxtachilik tadbirkor 1 mlrd so’mdan ortiq gazdan noqonuniy foydalanganini aniqlandi

Paxtachilik tadbirkor 1 mlrd so’mdan ortiq gazdan noqonuniy foydalanganini aniqlandi
Foto: Bosh Prokuratura

Yoqilgʻi – energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bogʻliq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davomida Paxtachi tumanidagi MChJ fosh etildi. Bu haqda Bosh Prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Bosh Prokuratura

Xabarda keltirilishicha, Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi “X.Q.S” MCHJ rahbari X.R. jamiyatga qarashli issiqxonada tijorat maqsadida qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtirish uchun issiqxonaning isitish qozonlarini oʻrta bosimdagi gaz quvuriga oʻzboshimchalik bilan ulanganligi aniqlangan. MChJ ushbu noqonuniy harakati bilan 1 mlrd. 283 mln. soʻmlik 855,6 ming metr. kub tabiiy gazni oʻgʻirlagani aniqlangan.

Foto: Bosh Prokuratura

Hozirda holat yuzasidan “X.Q.S” MCHJ rahbari X.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.