Nodavlat OTMning diplomi o’tadimi?

Nodavlat OTMning diplomi o’tadimi?

Boshlanayotgan OTMga hujjatlar qabuli ko’plab abituriyentlarda turli savollar tug’diradi. Shu jumladan, nodavlat oliygohlarga hujjat topshirmoqchi bo’lgan yoki shunday oliygohda tahsil olayotgan talabalarda uning diplomi ertaga bitirganidan so’ng o’tadimi, degan o’y-hayol paydo bo’ladi.

Bundan tashqari, yangi qaror chiqqanidan keyin nodavlat universitetlar diplom tan olinmasligi mumkinmi? 

Men oʻqiyotgan nodavlat universitet yopilib ketmaydimi?

Avvalo, taʼkidlash lozimki, davlat dasturi lohiyasida ushbu yangi normativ-huquqiy hujjat nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida kadrlar tayyorlashda raqobatbardoshlikni oshirish va taʼlim sifatini yaxshilash maqsadida ishlab chiqilishi belgilangan.

Yaʼni nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari mavqeni yanada mustahkamlash va sharoit yaratish nazarda tutilgan.

Hozirgi paytda nodavlat universitetlar yurtimizda oliy taʼlim qamrovini oshirish va yoshlarning taʼlim olishga boʻlgan ehtiyojini qondirishga xizmat qilmoqda. Shunday ekan litsenziyalangan nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida oʻqiyotganlar xavotir olmasa ham boʻladi. Ularning diplomini tan olmaslikka hech kimning haqqi yo’q.

Shu o’rinda bir eslatma, Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunining 31-moddasiga muvofiq, tegishli litsenziyaga ega nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan berilgan diplomlar davlat oliy taʼlim muassasalari diplomlari bilan teng darajada qabul qilinadi.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.