Toshkent viloyatining 14 mahallasi poytaxtga qo’shiladi

Toshkent viloyatining 14 mahallasi poytaxtga qo’shiladi

Toshkent viloyatidagi 14 ta mahalla poytaxtning yangi tumani – Yangi Toshkentga o‘tkaziladi

Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi qaroriga ko‘ra, quyidagi MFYlar Toshkent shahri hududiga o‘tadi.

Yuqori Chirchiq tumanidan qisman 11 ta mahalla:
“Istiqlol”, “Gulobod”, “Navro‘z”, “Qorasuv”, “Oq ovul”, “Jumabozor”, “Nurli yo‘l”, “Farovon”, “Yangi hayot”, “Sahovat” va “Qizilsoy” MFYlar;

O‘rta Chirchiq tumanidan esa qisman 3 ta mahalla:
“Mustaqillik”, “Yangi Turmush” va “Mash’al” MFYlar.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.