Uchta vazirlikda 107 nafar boshqaruv xodimi tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelgani aniqlandi

Uchta vazirlikda 107 nafar boshqaruv xodimi tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelgani aniqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o‘tkazgan o‘rganishlarda ma’lum bo‘lishicha:

🔸Transport vazirligining 50 nafar boshqaruv xodimi 55 ta,
🔸Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 37 nafar boshqaruv xodimi 39 ta,
🔸Madaniyat vazirligining 20 nafar boshqaruv xodimi 22 ta tadbirkorlik subektida ta’sischilik asosida faoliyat yuritib kelgani ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi taqiqlangan.