Savolingizga javobimiz – ixtisoslashgan maktablar

Savolingizga javobimiz – ixtisoslashgan maktablar

Savol: Variativ (ixtisoslashgan) sinflar tashkil etilish va dars oʻtish tartibi qanday?

Javob: Vazirlikning tegishli buyrugʻiga asosan umumtaʼlim maktablarida oʻquv rejaga 15 foiz oʻzgartirish kiritgan holda variativ sinflar ochiladi. Bunda yangi oʻquv yili boshida oʻquvchilar tanlovi asosida 19 ta yoʻnalishdan biri tanlanadi va belgilangan oʻquv reja asosida tanlangan yoʻnalish chuqurroq oʻqitiladi. Vazirlik tomonidan barcha yoʻnalishlarga oʻquv reja ishlab chiqilgan.