Futzal chempionatida eng ko’p gol urgan futzalchilar

Futzal chempionatida eng ko’p gol urgan futzalchilar

Xabaringiz bor, 14 sentabr kunidan boshlab O‘zbekiston mezbonligida futzal bo‘yicha 2024 yilgi jahon chempionati start oladi. FIFAning yirik turnirlaridan biri Markaziy Osiyoda ilk marta mamlakatimizda o‘tkaziladi. Jahonning eng kuchli 24 jamoasi 22 kun davomida Toshkent, Andijon va Buxoroda o‘yinlarni o‘tkazib, futzal bo‘yicha jahon chempionligi uchun kurash olib boradi.

Keling, hozir siz uchun qiziqarli bo’lgan gollar borasida yana bir ma’lumotlarni taqdim etsak. Jahon chempionatlari tarixida bir o‘yinda eng ko‘p gol kiritgan futzalchilar

9️⃣ Pula — Rossiya 31:2 Solomon orollari (JCh-2008 guruh bosqichi)

7️⃣ Eder Lima — Rossiya 16:0 Solomon orollari (JCh-2012 guruh bosqichi)
7️⃣ Konstantin Yeremenko — Rossiya 10:1 Xitoy (JCh-1992, guruh bosqichi)

6️⃣ Alvaro — Ispaniya 9:6 Eron (JCh-1992 3-o’rin uchun bahs)
6️⃣ Konstantin Yeremenko — Rossiya 7:7 Ispaniya (JCh-1992 guruh bosqichi)
6️⃣ Falkao — Braziliya 21:0 Solomon orollari (JCh-2008 guruh bosqichi)
6️⃣ Manoel Tobias — Braziliya 29:2 Gvatemala (JCh-2000 guruh bosqichi)
6️⃣ Rikardinyo — Portugaliya 9:0 Panama (JCh-2016 guruh bosqichi)
6️⃣ Sirilyo — Rossiya 31:2 Solomon orollari (JCh-2008 guruh bosqichi)

5️⃣ Fineo — Ozarbayjon 13:8 Tailand (JCh-2016 guruh bosqichi)
5️⃣ Fininyo — Braziliya 29:2 Gvatemala (JCh-2000 guruh bosqichi)
5️⃣ Hoshim Hidari — Eron 7:1 Kuba (JCh1996 guruh bosqichi)
5️⃣ Damir Xamadiyev — Rossiya 31:2 Solomon orollari (JCh-2008 guruh bosqichi)
5️⃣ Manoel Tobias — Braziliya 18:0 Kuba (JCh-1996 guruh bosqichi)
5️⃣ Gabriel Valarin — Argentina 6:2 Nigeriya (JCh-1992 guruh bosqichi)
5️⃣ Laslo Zadanyi — Vengriya 11:2 Saudiya Arabistoni (JCh-1989 guruh bosqichi)

2008-yil Braziliyada o‘tkazilgan mundialda Okeaniya chempioni hisoblangan Solomon Orollari terma jamoasi guruh bosqichi doirasidagi 4 ta uchrashuvda o‘z darvozasidan 69 marta to‘p olib chiqqan.

Jahon chempionatlari tarixidagi eng yirik mag‘lubiyat ham aynan ushbu jamoaga tegishli. Biroq mamlakatimiz mezbonlik qiladigan Jahon chempionatida esa Okeaniya nomidan Yangi Zelandiya terma jamoasi ishtirok etadi.