Maktab oldidan 30 km/s tezlikdan ortiq tezlikdagi avtomobil harakati jarimaga tortiladi

Maktab oldidan 30 km/s tezlikdan ortiq tezlikdagi avtomobil harakati jarimaga tortiladi

Endi maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari atrofida, tezlik chegarasi 30 km/soat qilib belgilangan hududlarda tezlikni oshirish holati qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus qurilmalar tomonidan aniqlanishi amaliyotga joriy qilinadi.

Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (YHXX) xabar bergan.

Qayd qilinishicha, yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, tegishli yo‘l belgilari o‘rnatilgan maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldidagi yo‘llarda transport vositalari tezligini soatiga 30 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.

Ma’lumot uchun, Navoiyda maktablar atrofida oʻrnatilgan radar qurilmalari tezligi soatiga 30 kilometrdan oshgan avtomobillarni qayd etishni boshlagan. Hozircha tizim test rejimida ishlayotganligi, keyinchalik qolgan hududlardagi maktablar atrofida ham mazkur qurilmalar oʻrnatilishi ma’lum qilingan.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.