Muhojirlar 15 mlrd dollar pul yuborgan

Muhojirlar 15 mlrd dollar pul yuborgan

2024-yilda muhojirlar Oʻzbekistonga qariyb 15 milliard dollar yubordi. 

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilda jismoniy shaxslardan Oʻzbekistonga kelib tushgan pul oʻtkazmalari 30 foizga oshib, 14,8 mlrd dollarga yetgan. Mablagʻlarning 77 foizi — 11,5 mlrd dollar Rossiyadan kelib tushgan.

Transfertlarning qolgan qismi Qozogʻiston (795 mln doll), AQSH (577 mln doll), Janubiy Koreya (534 mln doll), Turkiya (405 mln doll), Buyuk Britaniya (135 mln doll) va boshqa mamlakatlardan oʻtkazilgan.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.