Toshkentda Captiva yo’l o’rtasida qoldirib ketildi

Toshkentda Captiva yo’l o’rtasida qoldirib ketildi

Toshkent shahrining Yashnobod tumani Mahtumquli ko’chasida Captiva haydovchisi mashinasini chap boʻlakda qoldirib ketgani aytilmoqda. 

Oqibatda tirbandlik yuzaga kelgan, YPX xodimi haydovchini topishga harakat qilishdi.
Joriy yilning 29-yanvar kuni  soat 08:30 larda poytaxtimizning Yashnobod tumani Maxtumquli ko’chasida davlat raqam belgisi 10 V 701 AA bo’lgan Captiva rusumli avtomashina haydovchisi transport vositasida yuzaga kelgan nosozlik tufayli, o’z avtomashinasini yo’l qatnov qismining eng chetki chap qatorida, xavfsizlikni ta’minlash choralarini ko’rmasdan qarovsiz holda qoldirib ketgan. Yaqin orada xizmat olib borayotgan YPX inspektori yo’l harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Captiva avtomashinasini evokuator yordamida yo’l qatnov qismining chetki qismiga olib o’tgan. Haydovchiga hech qanday jarima qo’llanilmagan.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.