Poytaxt maktablarining birida ommaviy janjal chiqdi

Poytaxt maktablarining birida ommaviy janjal chiqdi

Ijtimoiy tarmoq sahifalarida “Toshkent shaharda joylashgan 285-maktabda ommaviy janjal kelib chiqqan, aytishlaricha bir o’quvchini beli singan” mazmunida xabar tarqalgan edi. Holat bo’yicha Toshkent shahar MMTB axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum bo’lishicha, 2025-yil 30-yanvar kuni soat taxminan 10:15 larda Yangihayot tumanidagi 285-sonli umumta’lim maktabi 11-“D” sinf o’quvchisi O’.K. tanaffus vaqtida maktab ikkinchi qavati yo’lagida turgan vaqtida 11-“B” sinf o’quvchisi E.K. bilan o’zaro tortishib qoladi. Natijada, O’.K. sinfdoshi E.K. ni yuz qismiga bir marotaba urganligi va o’rtalarida kelib chiqqan janjalga boshqa o’quvchilar qo’shilib ketganganligi ma’lum bo’lgan.

Ushbu voqeadan xabar topgan maktab ma’muriyati darhol maktabga o’rnatilgan “tashvish tugmasi”ni bosishgan. Qisqa vaqtda Qo’riqlash xizmati tezkor harakatlanuvchi guruhi xodimlari va inspektor-psixologi maktabga yetib kelgan hamda ommaviy tartibsizlikni to’xtatishgan.

So’ngra maktabga biriktirilgan inspektor-psixolog, katta leytenant N.O. mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib, janjalda ishtirok etgan o’quvchilarni “Yorqin hayot” mahallasida joylashgan profilaktika inspektori xonasiga olib borgan. U yerda o’quvchilar va ularning ota-onalari bilan profilaktik tushuntirish ishlari amalga oshirilgan.

Janjalda ishtirok etgan shu maktabning 11-sinf o’quvchilaridan A.J. hamda S.M. lar shifokorga murojaat qilgan. O’quvchilarning ahvoli yaxshi, ularga uyiga javob berilgan.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan surishtiruv-o’rganish ishlari olib borilayotganligini bildiramiz.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.