Husayn Norchayev Portugaliyaning «Braga» klubiga transferi amalga oshmaydigan bo‘ldi

Husayn Norchayev Portugaliyaning «Braga» klubiga transferi amalga oshmaydigan bo‘ldi

O‘zbekistonlik hujumchi Husayn Norchayev Portugaliyaning «Braga» klubiga o‘tishi mumkinligi haqida xabar qilingandi.

«Braga» futbolchiga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun xat yuborgan. O‘sha paytda Norchayev Dohada, O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘inida edi. Portugaliyada qishki transfer oynasi 3 fevral kuni yopilishi munosabati bilan futbolchi yig‘inni oxiriga yetkazmay Toshkentga qaytib kelishga majbur bo‘ldi.

O‘zbekistonda Portugaliya elchixonasi hamda vakolatxonasi yo‘q. Shu bois futbolchining agentlari Toshkentdagi Fransiya elchixonasi orqli Rossiyadagi Portugaliya elchixonasiga aloqaga chiqishgan. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ham futbolchiga yordamga keldi. Biroq Portugaliya elchixonasi xodimlari qisqa muddatda viza tayyorlab bera olmasliklarini, futbolchidan dushanba kuni Moskvaga uchib kelishni so‘rashgan. Norchayev dushanba kuni Moskvada emas, Portugaliyada bo‘lishi kerak.

Shu sababli ham mazkur transfer amalga oshmaydigan bo‘ldi

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.