Samarqandda 19 yoshli talaba o‘zini 9-qavatdan tashlab joniga qasd qildi

Samarqandda 19 yoshli talaba o‘zini 9-qavatdan tashlab joniga qasd qildi

H‌olat yuzasidan Bosh prokakuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi.

Bugun, 24 fevral kuni Samarqandda 20 yoshli talaba qiz o‘zini 9-qavatdan tashlab joniga qasd qilgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Bosh prokakuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 19 fevral kuni soat 17:00 atrofida 2005 yilda tug‘ilgan S.M. Samarqand shahrida joylashgan ko‘p qavatli uyning 9-qavatidagi xonadonning derazasidan o‘zini pastga tashlab joniga qasd qilgan.

Hodisa joyi tergov tezkor guruhi tomonidan tomonidan ko‘zdan kechirilib, S.M.ning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.