Sirdaryoda uch egizak tug’ildi

Sirdaryoda uch egizak tug’ildi

O’zbekistonda yana bir oilada uch egizak tug’ildi.

Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida istiqomat qiluvchi Irodaxon va Abbosjon Mamatqulovlar oilasida uch egizak tug‘ildi.

Guliston shahar tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limida dunyoga kelgan go‘daklarning uchalasi ham o‘g‘il. Kattasining vazni 2,630, o‘rtanchasiniki 2,870 va kichigining og‘irligi 2,700 kilogrammga teng.

Ayni paytda chaqaloqlarning ham, onaning ham salomatligi yaxshi. Ular tug‘uruq bo‘limi akusher-ginekologlari nazoratida.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.