Maktablarda bahorgi ta’til qachondan boshlanadi?

Maktablarda bahorgi ta’til qachondan boshlanadi?

“Umumiy o’rta ta’lim to’g’risida”gi nizom talablariga muvofiq joriy yilda maktablarda III chorakning so’nggi kuni 20-martga to’g’ri kelib, IV chorak 28-mart kunidan boshlanadi.

Ya’ni, 20-mart kuni dars mashg’ulotlari to’liq olib boriladi. Bahorgi ta’til esa 21-martdan boshlanadi va 7 kalendar kun davom etadi. IV chorak darslari 28-mart kunidan boshlanadi.

Ma’lumot uchun: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, maktablarda bahorgi ta’til – 21-martdan boshlanib, 7 kalendar kun davom etishi belgilangan.

Ta’tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to’g’ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg’ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.

“2025-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo’shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko’chirish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni imzolanib, qo’shimcha dam olish kunlari belgilansa, ta’til kunlarida o’zgarishlar bo’lishi mumkin.

Ammo katta ehtimol bilan, qo’shimcha dam olish kunlari belgilanishi maktabdagi ta’til kunlariga ta’sir qilmaydi. Agar qo’shimcha dam olish kunlari maktablardagi dars jarayoniga to’g’ri kelib qolsa, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ta’til kunlariga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.