Noqonuniy xizmat ko‘rsatayotgan advokatlar qo‘lga olindi

Noqonuniy xizmat ko‘rsatayotgan advokatlar qo‘lga olindi

O‘zbekiston viloyatlarida yirik summaga noqonuniy xizmat ko‘rsatayotgan advokatlar qo‘lga olindi.

Andijon viloyatida advokatlik firmasi stajyori o‘z aloqalari orqali 34 ming dollar evaziga 34 sotix yer olib berishni va’da qilgan, deb xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati.

Toshkentda advokat 25 ming dollar evaziga to‘rt nafar gumonlanuvchining jinoiy aybini ma’muriy javobgarlikka o‘zgartirishni rejalashtirgan.

Buxoro viloyatida advokat allaqachon sudlangan fuqaroga nisbatan 12 ming dollar evaziga oqlov hukmini chiqarishga va’da berdi.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.