Abdurahmon Fozilov Qalampirning videosini o’chirtirdi, tahririyatni «shantajchi» deya ta’rifladi

Abdurahmon Fozilov Qalampirning videosini o’chirtirdi, tahririyatni «shantajchi» deya ta’rifladi

Abdurahmon Fozilov Qalampirning videosini o’chirtirdi

Bloger va fan klub yetakchisi Abdurahmon Fozilov haqida Qalampir uz sayti Instagram sahifasiga tayyorlanib, joylangan tanqidiy video Instagram tomonidan o’chirilgan.

Tahririyatning ma’lum qilishicha, bu Fozilovning elektron pochtasi orqali 27-mart kuni Instagram ma’muriyatiga yuborilgan mualliflik so’rovidan keyin sodir bo‘lgan.

O’chirilgan videoda Fozilovning futbolchilarni bezovta qilib, ularga ortiqcha bosim qilayotgani haqida gap borgan.

Video ostida blogerning o’zi ham izoh qildirgan va unda qalampir jurnalistlarini «buyurtmachi» va shantaj sifatida qoralagan.

Qalampir esa videoni Instagramga qayta yuklagan.

Ammo shunisi ham aniqki, Fozilov kabi blogerlar futbolchilar yonida o’zlarining shaxsiy kontentlari va bloglarining foydasi uchun o’ralashib yurishi ularning ruhiy holatiga ta’sir etmay qolmaydi. Qolaversa, futbolchilarning vaqtini ham o’girlashmasa, yaxshi bo’larmidi?

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Manchester city muxlislari UFAga siti Instagrami izohlarida murojaat qoldirib, Abduqodir Husanovning oldida o’ralashayotgan tanish va notanish kimsalar unga xalaqit berayotgani va futbolchini toliqtirayotganini taniq qilgandi.

Dinora OMONTOSHEVA, «MUHIM24.uz» muxbiri tayyorladi

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.