Sirdaryolik rahbar xodimlarning aksari savodxonlik imtihonidan o’ta olmadi

Sirdaryolik rahbar xodimlarning aksari savodxonlik imtihonidan o’ta olmadi

Sirdaryo viloyatida davlat idoralari rahbar xodimlarining savodxonlik darajasini baholash maqsadida diktant olish amaliyoti o‘tkazildi. Afsuski, natijalar ijobiy emas, deb xabar berdi O‘zA.

Qayd qilinishicha, Sog‘liqni saqlash boshqarmasining 9 nafar rahbar xodimidan 6 nafari, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ 5 nafar rahbar xodimidan 4 nafari, «O‘ztelekom» AJ Sirdaryo filialining 10 nafar rahbar xodimidan 7 nafari, «O‘zbekiston pochtasi» AJ viloyat filialining 8 nafar rahbar xodimidan 4 nafari qoniqarsiz baho olgan. Diktantda qatnashgan rahbarlarning umumiy soni haqida ma’lumot berilmadi.

Ta’kidlanishicha, bu holat viloyat rahbariyati tomonidan jiddiy tanqidga olingan. Jumladan, Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov davlat tilida ish yuritish qonun talabi ekani, unga rioya qilish har bir rahbar va mas’ul shaxsning fuqarolik burchi ekanini aytgan.

Ishchi guruh tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilgan. Savodxonlikni oshirish, rahbar kadrlarni bosqichma-bosqich davlat tilida ish yuritish asoslariga o‘rgatish va ularni malaka oshirish markazlariga jalb etish yuzasidan choralar belgilangan.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.