Yevropa yetakchilari dushanba yoki seshanba kuni AQShga tashrif buyurib, Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qiladi, dedi yakshanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp jurnalistlarga.
“Ayrim Yevropa yetakchilari dushanba yoki seshanba kuni yakka tartibda mamlakatimizga kelishadi”, dedi Tramp, qaysi liderlar Atlantika okeani bo‘ylab sayohat qilishini aniqlamay turib.
AQSh prezidenti, shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan «tez orada» gaplashishini aytdi va uning ma’muriyati Ukrainaga keng ko’lamli bostirib kirishi sababli Moskvaga qarshi sanksiyalarning «ikkinchi bosqichi»ga o’tishga tayyorligini bildirdi.
Trampning so’zlari Rossiya Ukrainaga nisbatan eng yirik havo hujumini amalga oshirib , kamida to‘rt kishini o‘ldirgani va poytaxt Kiyevdagi asosiy hukumat binosiga zarba berganidan keyin yangragan.
Foto:
«Rossiyaga va Rossiya bilan aloqador shaxslarga qarshi sanksiyalar, qattiq tariflar va Rossiya bilan savdoga qoʻyilgan boshqa cheklovlar. Ularning yoʻqotishlarini sezish kerak. Bu haqiqatan ham ishonarli», deb yozgan Zelenskiy X sahifasida.
Yakshanba kuni G’aznachilik vaziri Skott Bessent AQSh «Rossiya iqtisodiyotini qulashi» uchun Rossiya neftini sotib olgan davlatlarga nisbatan ko’proq sanktsiyalar kiritish uchun Yevropa davlatlari bilan hamkorlik qilishga tayyorligini aytdi.
“Biz Rossiyaga bosimni kuchaytirishga tayyormiz, ammo yevropalik hamkorlarimiz bizga ergashishlari kerak”, dedi Bessent NBC News telekanalining “Matbuot bilan tanishish” dasturida.