O‘zbekistonda havo sifati hali beri yaxshilanmaydi

O‘zbekistonda havo sifati hali beri yaxshilanmaydi

Toshkent shahri va viloyatida havo sifatining yaxshilanishi yana bir haftaga kechikadi.

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, havo sifati faqat havo massalarining almashinuvi, shamolning kuchayishi yoki yog‘ingarchilik tushishi bilan yaxshilanadi. Hozirgi kunda bunday tabiiy jarayonlar kuzatilmayapti, shuning uchun smog holati davom etmoqda.

Ekologik ekspertlarning so‘nggi tadqiqotlari va xulosalariga qaraganda:

– Toshkent havosidagi ifloslanishning atigi 8–10 foizi qurilish, transport va sanoat faoliyatidan kelib chiqmoqda.
– Qolgan 90–92 foiz ifloslanish tabiiy omillar (chang, tuman, havo massalarining harakatsizligi) va transchegaraviy oqimlar (qo‘shni davlatlardan keladigan zarrali moddalar) hissasiga to‘g‘ri keladi.

Shu sababli, joriy qilingan barcha cheklovlar, safarbarlik choralari va qarorlar faqat o‘sha 8–10 foizga ta’sir qila oladi.

Ushbu holat bo‘yicha Milliy tiklanish demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov shunday deydi:

— Hukumatni qanchalik tanqid qilmaylik, shamol, yomg‘ir yoki toza havo massasini “sotib olib” yoki majburan chaqirib bo‘lmaydi.

— Aksincha, hozirgi harakatsiz havo sharoitida har qanday qurilish yoki transport faoliyati zararli zarralar miqdorini yanada oshirishi mumkin.

Havo sifati yaxshilanmaguncha aholiga tavsiya etiladi:

– imkon qadar uyda qolish,
– niqob taqish,
– bolalar va nafas olish yo‘llari kasalligi bor fuqarolarni ochiq havoga chiqarmaslik.

Yana bir hafta ichida tabiiy shamol va yog‘ingarchilik kutilmoqda – aynan shu omillar havoni tozalaydi. Shu paytgacha sabr qilishdan boshqa iloj yo‘q.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.