Chiqindidan qarzdor 205 ming abonent «svet»siz qoladi

Chiqindidan qarzdor 205 ming abonent «svet»siz qoladi

Chiqindi xizmatidan qarzdor 205 mingga yaqin abonentga elektr to‘lovi cheklandi.

Respublika bo‘yicha chiqindi xizmatlari uchun 20,1 mlrd so‘m debitor qarzdorlik mavjud bo‘lib, shu sababli 231 014 nafar abonent SMS orqali ogohlantirildi.

Abonentlarga qarzni qoplash uchun 5 kun muhlat berilgan:
➖ shu muddatda 9,4 mlrd so‘m to‘lov amalga oshirilgan;
➖ 204 895 nafar abonent qarzini to‘lamagani sababli elektr to‘loviga vaqtincha cheklov qo‘yildi.

Cheklov qarzdorlik bartaraf etilgan zahoti darhol olib tashlanadi.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.