Mirziyoyeva xorijiy media loyihaga katta intervyu berdi

Mirziyoyeva xorijiy media loyihaga katta intervyu berdi

Saida Mirziyoyeva intervyusi — O‘zbekiston qadam qo‘ygan yangi ochiqlik davrining yorqin namunasidir.

Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Alter Ego loyihasiga o‘zining ilk katta intervyusini berdi. Odatda bunday yuqori martabali davlat mulozimining ochiq intervyu berishi mintaqada juda kam uchraydigan noyob voqea hisoblanadi.

Bu intervyu O‘zbekiston rahbariyati ochiqlik siyosatini amaliy qadamlar orqali namoyon etayotganini ko‘rsatadi. Ochiq savollar, cheklovlar va tizimdagi murakkabliklardan qochmasdan gapirish — davlat va jamiyat o‘rtasidagi muloqot sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilayotganidan dalolat beradi.

Suhbatning dastlabki daqiqalaridanoq Saida Mirziyoyeva sobiq ittifoqdan keyingi davr byurokratik elitasining an’anaviy qoliplaridan farq qiladigan, o‘z vazifasi va mas’uliyatini chuqur anglagan, ochiq muloqotga tayyor rahbar sifatida namoyon bo‘ladi. Uning nutqida rasmiy shiorlardan ko‘ra, shaxsiy tajriba va tizimni ichkaridan bilishga asoslangan mulohazalar ustuvor.

Shaxsiy faoliyatiga doir samimiy fikrlarga boy bo‘lishiga qaramay, intervyu faqat Saida Mirziyoyeva haqida emas. Suhbatning markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan amalga oshirilayotgan umumiy missiya — mamlakatni tizimli isloh qilish, qarorlarni inson manfaatlariga xizmat qilishi va davlat boshqaruvini zamonaviy talablarga moslashtirish masalalari turadi.

E’tiborli jihati shundaki, Prezident haqida gap ketganda, maqtovdan ko‘ra tahlil ustuvor. Davlat rahbarining tizimning barcha bosqichlarida ishlagani, eski modelni shunchaki yangilash emas, balki uni bosqichma-bosqich demontaj qilish orqali yangi rivojlanish trayektoriyasini shakllantira olgani qayd etiladi. Bu yondashuv intervyuni oddiy suhbat emas, balki O‘zbekistonda shakllanayotgan ochiq, mas’uliyatli va insonga qaratilgan davlat modeli haqidagi mazmunli tahlilga aylantiradi.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.