Paxtachida prezidentning “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi amalda

Paxtachida prezidentning “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi amalda

Keksa avlod vakillarining boy bilim va hayotiy tajribasidan samarali foydalangan holda oilalarni kambagʻallikdan chiqarish tizimi izchil joriy etilmoqda.

“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish jarayoniga faol nuroniylar keng jalb etilib, ularning tashabbus va imkoniyatlaridan samarali foydalanilmoqda.

Xususan, Qirguli mahallasida faol nuroniylarning tavsiyasiga asosan “Nuroniy” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 14 nafar kam taʼminlangan oila farzandlari uchun taʼlim olishda qulay shart-sharoitlar yaratildi.

Jumladan, ularga oʻquv jihozlari, maktab anjomlari hamda sport kiyimlari yetkazib berildi.

Mazkur xayriya tadbiri mahalladagi faol nuroniylar — R. Normuradova, N. Islomova va S. Eshmatovlar tomonidan amalga oshirilib, sovgʻalar bevosita oʻz egalariga topshirildi.

Bu kabi ezgu tashabbuslar jamiyatda mehr-oqibat, birdamlik va ijtimoiy masʼuliyatni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Ra’no Normuradova mahalla faol nuroniysi

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.