Endi Tibbiyot xodimlari besh kunlik ish rejimiga o’tishadi

Endi Tibbiyot xodimlari besh kunlik ish rejimiga o’tishadi
Foto: «MUHIM24.uz» ARXIV / Paxtachi TTB / Muallif: Jamolbek Salomov

2026 yil 1 apreldan boshlab davlat tibbiyot muassasalarining ish vaqti rejimi besh kunlik ish haftasiga o‘tkaziladi.

2026 yil 1 yanvardan boshlab davlat tibbiyot muassasalarining tibbiyot va farmasevtika xodimlariga quyidagi qo‘shimcha imtiyozlar beriladi:

▪️davlat tibbiyot muassasalarida kamida 3 yil ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan bir yilda bir marotaba bepul yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish;

▪️davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga Kasaba uyushmalari federatsiyasi hamda tibbiyot muassasasining mablag‘lari hisobidan bir yilda bir marotaba respublika hududidagi sanatoriylarga bepul yo‘llanma berish;

▪️barcha turdagi davlat xizmatlari uchun to‘lovlar miqdorini ikki barobar kamaytirish.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.