Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi xalqaro musobaqada ishtirok etadi

Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi xalqaro musobaqada ishtirok etadi
Manba: UFA

Asker Xalmuratov boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi 18-24-fevral kunlari Belarusda boʻlib oʻtadigan “Rivojlanish kubogi” xalqaro turnirida ishtirok etadi. Turnir gʻolibligi uchun 8 ta terma jamoa kurash olib boradi. Vakillarimiz “A” guruhidan oʻrin olgan boʻlib, Belarus (U-17), Rossiya (U-16) va Ozarbayjon (U-16) jamoasiga qarshi oʻyin oʻtkazadi.

“A” guruhi
🇧🇾 Belarus (U-17)
🇷🇺 Rossiya (U-16)
🇺🇿 Oʻzbekiston (U-17)
🇦🇿 Ozarbayjon (U-16)

“B” guruhi
🇧🇾 Belarus (U-16)
🇷🇺 Rossiya (U-17)
🇰🇿 Qozogʻiston (U-16)
🇹🇯 Tojikiston (U-16)