O‘zbekiston terma jamoasi Dubayda xalqaro turnirda ishtirok etadi

O‘zbekiston terma jamoasi Dubayda xalqaro turnirda ishtirok etadi

 

“Shorouknews” nashrining xabariga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyida Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tadigan xalqaro mini-turnirda ishtirok etadi.

Musobaqada O‘zbekiston, Misr, Eron va Kabo-Verde terma jamoalari ishtirok etadi. Qur’a natijalariga ko‘ra, Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston dastlab Misrga qarshi bahs olib boradi. Ushbu o‘yin g‘olibi esa Eron va Kabo-Verde jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda zafar quchgan jamoa bilan finalda to‘qnash keladi.

Eslatib o‘tamiz, turnirda qatnashayotgan Misr va Eron terma jamoalari singari O‘zbekiston ham JCH–2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan. Kabo-Verde esa 13 oktabr kuni mundialga chiqish masalasini hal qilishi kutilmoqda.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.