HAMAS yetakchisi va Netanyaxu qamalishi mumkinmi?

HAMAS yetakchisi va Netanyaxu qamalishi mumkinmi?

Xalqaro jinoyat sudi HAMAS yetakchisi va Isroil bosh vazirini hibsga olish bo‘yicha order chiqartirmoqchi.

Isroilning bir nechta vazirlari XJSning bu qarorini qoralab, uni “aksilsemit sud”, “ikkiyuzlamachilik va nafratning namoyon bo‘lishi” deb atadi.

AQSH XJS talabini rad etishini, aksincha sudning o‘ziga sanksiya joriy etish imkoniyati ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi.

Baydenning aytishicha, AQSH Gʻazoda sodir bo‘layotgan voqealarni genosid deb hisoblamaydi.

HAMAS esa XJS o‘zining yetakchilarini emas, Isroil rahbariyatini hibsga olish haqida order talab qilishga chaqirdi.

Rossiyaning AQSHdagi elchisi esa Vashingtonning XJSning Rossiya va Isroilga nisbatan harakatlariga bergan bahosi ikkiyuzlamachilik namunasi ekanini ta’kidladi.