Endi avtomobil yo’llariga to’siq o’rnatsangiz javobgarlikka tortilasiz

Endi avtomobil yo’llariga to’siq o’rnatsangiz javobgarlikka tortilasiz

Bu boradagi qonun loyihasi 17-dekabr kuni deputatlar tomonidan ikkinchi o’qishda qabul qilindi.

O’zbekistonda trotuarlar, piyoda va velosiped yoʻlkalari hamda ularga tutash hududlarda barpo etilgan yashil maydonlarda avtotransport vositalarini yurgizishning oldini olishga qaratilgan normalar belgilanmoqda.

Aholi tomonidan yoʻl harakati ishtirokchilarining harakatiga toʻsqinlik qiluvchi noqonuniy toʻsiqlarni va boshqa qurilmalarni oʻrnatish holatlariga chek qoʻyish uchun javobgarlik choralari nazarda tutilmoqda.

Shunday ekan, endi mashina yo’llariga harakatni sun’iy cheklovchi to’siqlarni YHX xodimlarisiz o’rnatmaganingiz ma’qul.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.