foto: Chempionatasia
Fargʻona shahrida 2023-yil mart oyida oʻtkaziladigan futbol boʻyicha U-20 yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatiga 528 mln. soʻm ajratilgan.
Pullar Fargʻona shahar mahalliy byudjetiga viloyat mahalliy byudjetining 2023-yil boshida shakllangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan ajratilgani aytilgan.
Futbol uchrashuvlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan “Istiqlol” stadioniga videokameralar oʻrnatish, stadion hududini toʻliq kamera kuzatuvi bilan qamrab olish va situatsion markazga toʻliq integratsiya qilish bilan bogʻliq xarajatlar uchun 308 mln. soʻm ajratiladi.
Maydonlar binolarida ishtirokchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida isitish-sovitish (konditsioner) moslamalarini sotib olish va oʻrnatish bilan bogʻliq xarajatlarga 220 mln. soʻm pullar Fargʻona shahar Obodonlashtirish boshqarmasiga oʻtkaziladi.