Mast holatda mashina haydaganlar endi qamaladi

Mast holatda mashina haydaganlar endi qamaladi

O‘zbekistonda mast holatda mashina haydaganlik uchun 15 mln so‘m jarima va 3 yil qamoq jazosi belgilandi!

Endi ichimlik ichib rulga o‘tirgan haydovchilar 15 mln so‘m jarima yoki 3 yilgacha qamoq jazosiga tortiladi.

Agar ertasi kuni, xumordan chiqmagan holatda ushlansangiz ham, jazo qo‘llanadi!

Nima jazolar belgilangan?

• Birinchi marta – 15 mln so‘m jarima (40 BHM);

• Ikkinchi marta – 3 yilga haydovchilik huquqidan mahrum qilish;

• Uchinchi marta – 2 yildan 3 yilgacha qamoq jazosi.

Ogoh bo‘ling! Endi mast holda mashina haydash nafaqat qimmatga tushadi, balki ozodlikdan ham mahrum qilishi mumkin.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.