Toshkentda 23 yoshli yigit o‘zini 9-qavatdan tashlab tirik qoldi

Toshkentda 23 yoshli yigit o‘zini 9-qavatdan tashlab tirik qoldi

Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum fuqaro 9-qavatdan tushib ketgan uy aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIB ma’lumot berdi.

Joriy yilning 21-iyul kuni taxminan soat 01:30 larda Yunusobod tumani, 9-mavze hududidagi ko‘p qavatli uylarning birida, 2002-yilda tug‘ilgan fuqaro T.R. shu uyning 9-qavatidagi derazadan o‘zini pastga tashlagan va kirish yo‘lagining tom qismiga urilib, yerga tushgan. Natijada fuqaro “BMYOJ, BMCh, chap o‘mrov suyagi, o‘ng ko‘krak suyagi, birinchi bel umurtqasi kompression sinishi 2,3-daraja, travmatik shok 2-darajasi” tashxisi bilan shifoxonaga olib borilgan. Hozirda u shifokorlar nazoratidaligi aytilgan.

Shuningdek, “O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, fuqaro 2024-yilning oxiridan buyon ruhiyatida o‘zgarishlar sodir bo‘lishi boshlanganligi va psixolog-shifokor tekshiruvlaridan o‘tkazilganligi ma’lum bo‘ldi”, – deyiladi xabarda.

Hozirda, mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.