Toshkent shahar hokimligi poytaxt infratuzilmasini va yashil hududlarini rivojlantirish hamda obodonlashtirish maqsadida navbatdagi yirik moliyaviy mablag‘larni ajratdi. Ta’kidlanishicha, ushbu mablag‘lar Toshkent shahar mahalliy byudjetining 2026-yil birinchi chorak daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan qoplangan.
Hujjatga ko‘ra, jami 5 513 100,0 ming so‘m (5,5 mlrd so‘m) miqdoridagi mablag‘ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-46-son farmoni ijrosini ta’minlash, xususan, 2026-yilda lola piyozlari va manzarali daraxt ko‘chatlarini xarid qilish maqsadida yo‘naltirilgan.
Mablag‘larning idoralar va tumanlar kesimida taqsimlanishi:
Alohida ahamiyatga ega ko‘chalarni obodonlashtirish boshqarmasi — lola piyozlari xaridi uchun 2 270 000,0 ming so‘m;
Bektemir tumani obodonlashtirish boshqarmasi — tuman hududiga ekiladigan manzarali daraxt ko‘chatlari xaridi uchun 1 304 000,0 ming so‘m hamda lola piyozlari uchun 36 500,0 ming so‘m;
Markaziy maydonlarni obodonlashtirish ixtisoslashtirilgan boshqarmasi — lola piyozlari xaridi uchun 728 000,0 ming so‘m;
Mirzo Ulug‘bek tumani — lola piyozlari xaridi uchun 145 700,0 ming so‘m;
Mirobod, Olmazor va Shayxontohur tumanlari — lola piyozlari xaridi uchun har bir tumanga 109 300,0 ming so‘mdan;
Yashnobod tumani — lola piyozlari xaridi uchun 87 400,0 ming so‘m;
Hukumat obyektlariga xizmat ko‘rsatish ixtisoslashtirilgan boshqarmasi — lola piyozlari xaridi uchun 30 600,0 ming so‘m.
Ushbu grafik asosida amalga oshiriladigan ekish ishlari poytaxt tumanlarining estetik ko‘rinishini yaxshilash va yashil maydonlar ko‘lamini kengaytirishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.
