Özbekistonda qöriqlaş xizmatlari töliq raqamlaştiriladi: 8 ta yangi xizmat turi yölga qöyilişi mumkin

Özbekistonda qöriqlaş xizmatlari töliq raqamlaştiriladi: 8 ta yangi xizmat turi yölga qöyilişi mumkin

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev qöriqlaş xizmatlarining sifati, texnologik darajasi va hududiy qamrovini tubdan oşirişga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanişdi. Sohada Milliy gvardiyaning vakolatlarini kengaytiriş, xususiy sektor iştirakini rağbatlantiriş hamda sun’iy intellekt va uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar) imkoniyatlaridan foydalaniş orqali jamoat va mulk xavfsizligini yangi bosqiçga olib çiqiş nazarda tutilmoqda.

Taqdimotda keltirilgan tahliliy ma’lumotlarga köra, sönggi ön yil içida mamlakatdagi ijtimoiy va savdo obyektlari soni 150 mingdan 500 mingtaga yetgan, uy-joylar soni esa 1,5 milliondan 8 milliontagaça köpaygan. Şuningdek, tun-u kun (24/7) faoliyat yuritadigan savdo va xizmat körsatiş köçalari soni 255 taga yetgani aholi va tadbirkorlik subyektlarining zamonaviy xavfsizlik xizmatlariga bölgan talabini keskin oşirmoqda. Mavjud xizmat turlari va qamrov esa ushbu ösib borayotgan ehtiyojni töliq qondira olmayotgani qayd etildi.

Sohani raqamlaştiriş doirasida ayni paytda alohida faoliyat yuritayotgan beşta axborot tizimini yagona «Raqamli qöriqlaş» platformasiga birlaştiriş taklif etildi. Mazkur raqamli ekotizim orqali mijozlar bilan qöriqlaş xizmatlari böyiça şartnomalarni elektron şaklda tuziş, tölovlar hisob-kitobi haqidagi ma’lumotlarni onlayn rejimda oliş hamda tezkor harakatlanuvçi guruhlarning harakatlanish traektoriyasini real vaqt rejimida kuzatiş imkoniyati yaratiladi.

Mavjud 6 ta xizmatga qöşimça ravişda xonadonlarga nazorat qurilmalari örnatiş, mobil telefon orqali virtual «SOS» tizimi, investor va sayyohlarga tansoqçilik xizmati, oilaviy va boşqa tadbirlarda tartibni saqlaş, dronlar orqali hududlarni kuzatiş hamda mavsumiy obyektlarni qöriqlaş joriy etilişi taklif qilinmoqda.

Platformaga sun’iy intellekt texnologiyalarini integratsiya qiliş orqali ehtimoliy xavf-xatarlarni oldindan prognozlaş, aniqlash va ularning barvaqt oldini oliş mexanizmlari amaliyotga joriy etiladi.