Bu haqda UYEFA prezidenti Aleksandr Cheferin maʼlum qildi. U koʻplab Yevropa klublari bu gʻoyani qoʻllab-quvvatlayotganini aytdi.
💬“Agar byudjetlar yiriklashib ketsa, raqobatbardosh muvozanat bilan bogʻliq muammo paydo boʻladi. Men Yevropa Komissiyasining baʼzi odamlari bilan gaplashdim. Ammo chegara boʻyicha qaror kollektiv boʻlishi kerak. Ajablanarlisi, hamma rozi: katta klublar, kichik klublar”, deydi u.