Qatardan xushxabarlar davom etadi. Dzyudo bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi uchunchi kunda ham o’z hisobiga medal qo’shib qo’ymoqda.
-73 kg vazn toifasida ishtirok etgan Murodjon Yo’ldoshev bronza medali uchun bahsda kanadalik Artur Margelidondan ustun kelib, sovrindorlar qatoridan joy oldi. Bu terma jamoamiz uchun musobaqadagi uchinchi medal.
Qayd etish joiz, dzyudochilarimiz shu paytgacha hali bir jahon chempionatida 3 ta medalga sazovor bo’lishmagan edi. Doxa tatamilarida ushbu tarixiy natija musobaqaning dastlabki uch kunida amalga oshgani esa joriy rekordni yanada yaxshilash uchun imkon ko’pligini anglatadi.