Qirg‘izistondan ayrim turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini olib chiqishga vaqtinchalik taqiq joriy etildi. Bu haqda mamlakat Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu cheklov qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ayrim turlarini reeksport va tranzit qilish, shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan yuborilayotgan insonparvarlik yordamiga ta’sir qilmaydi.
Vazirlikka ko‘ra, endilikda quyidagi mahsulotlarni eksport qilish taqiqlanadi:
• yem-xashak (o‘t, somon, kepak va don yemi);
• arpa;
• guruch;
• jo‘xori.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan vaqtinchalik taqiqning kiritilishi sabablari ko‘rsatilmagan.