Oʻzbekistonda qancha aholi mobil aloqadan foydalanadi?

Oʻzbekistonda qancha aholi mobil aloqadan foydalanadi?


Statistika agentligi maʼlumotiga koʻra, 2023-yilning 1-yanvar holatida Oʻzbekistonda mobil aloqa bilan taʼminlangan abonentlar soni qariyb 32 mln. nafarni tashkil etgan.

Shundan, 27 mln. nafari aholida qayd etilgan.

Aholining mobil aloqa bilan taʼminlanganligi har 100 kishi hisobiga 75 birlikni tashkil etdi.

Yillar kesimida har 100 doimiy aholiga toʻgʻri keladigan abonentlar soni (1-yanvar holatiga):

— 2019-yil – 65 ta
— 2020-yil – 69 ta
— 2021-yil – 71 ta
— 2022-yil – 73 ta
— 2023-yil – 75 ta

Muharrir minbari: Qurilish intizomi kuchaymasa, bunyodkorlik ishlarida izchillik yo‘qoladi

Muharrir minbari: Qurilish intizomi kuchaymasa, bunyodkorlik ishlarida izchillik yo‘qoladi

So‘nggi yillarda mam­lakatimizda qurilish sohasi iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlaridan biri sifatida jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Davla­ti­miz rahbari tashabbusi bilan qabul qilinayotgan farmon va qarorlar, shuningdek, qurilish sohasida joriy etilayotgan zamonaviy me’yor va talablar bu yo‘nalishda sifat va xavf­sizlikni ta’minlash, yangi uy-joylar, ijtimoiy soha obyekt­la­rini barpo etishda qat’iy tar­tibni yo‘lga qo‘yish imkonini bermoqda.