Stomatit – bu og’iz shilliq pardasining yallig’lanishi hisoblanadi. Uning alomatlarida esa inson tanasining harorati ko‘tariladi, so‘lagi odatdagidan 2–3 barobar kuchliroq oqadi. Bolajon eng yoqtirgan ovqatini ham yeyishdan bosh tortadi, ishtahasi yo’qoladi.
Keling, stomatit kasalligining paydo bo’lishi sabablari haqida ham so’z yuritsak.
Stomatit – og’iz shilliq qavatining virusli, bakterial yoki zamburug’li infeksiyasi hisoblanadi. U keng tarqalgan virusli infiksiya,virusli infiksiya asoratlari, shikastlanish natijasi (tilni tishlab olish) yoki bolaning toza bo‘lmagan turli narsalarni og‘ziga solishi oqibatida kelib chiqadi. Odatda bolalar tez-tez shamollaydi, stomatit ko‘pincha O‘RVI oqibatida paydo bo‘ladi. Bolalarda tishlar chiqish paytida stomatit tishlarni agressiv ishlatish natijasida shilliq qavatdagi shikastlanishlar fonida paydo bo‘ladi.
Stomatit yuzaga kelganda shifokor bilan maslahatlashishdan oldin bolaga og‘riq qoldiruvchi dori berish tavsiya etiladi. Tekshiruvdan so‘ng stomatitning xususiyatiga asoslanib, shifokor zarur bo‘lgan yallig’lanishga qarshi, antibakterial yoki zamburug’larga qarshi stomatologik gel yoki maz shaklidagi vositalarni tavsiya qiladi.
Shahnozabonu O‘KTAMOVA,
«Alfraganus university» Stomatologiya yo’nalishi talabasi