Tolibon oʻtgan bir yilda 4650 kishini giyohvand moddalar savdosida ayblab hibsga oldi.
Uning ichki ishlar vazirligi rahbari o‘rinbosari Abdul-Haq Oxund Hamkarning so‘zlariga ko‘ra, shu vaqtgacha 3700 ta narkotik va alkogol reydlari o‘tkazilgan. Natijada 404 tonna taqiqlangan moddalar olib qoʻyilgan hamda 148 ta yashirin moshinalar doʻkonlari yoʻq qilingan. 1 ming 147 gektar maydon giyohvandlik o‘simliklaridan tozalangan.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, hokimiyat tepasida turgan bir yil ichida Tolibonning afyun yetishtirishdan olgan daromadi uch barobar, ekin maydonlari esa uchdan bir qismga oshgan.