Bugun qo’shni Tojikiston poytaxti aeroportida Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» jamoasi kutib olindi. Unda «Istiqlol» klubi a’zolari, Saudiya elchixonasi vakillari, jurnalistlar va futbol muxlislari mehmonlarni kutib olishdi. Ammo jamoada hamma kutgan Krishtianu yo’q edi. Bunga esa o’yin oldi anjumanda aniq javob qaytarildi.
«Al-Nasr» jamoasi bosh murabbiyi Luis Kastro Dushanbedagi matbuot anjumanida Krishtianu Ronalduning Tojikistondagi o’yinga kelolmasligiga sabab u hozirda salomatligi uchun g’amxo’rlik qilayotganligini aytib o’tdi.
«U mashina emas, balki inson. Men Ronalduning barcha muxlislarini hurmat qilaman, ammo uning kelishi imkonsiz edi. U 38 yoshda. U sog’lig’iga g’amxo’rlik qilishi kerak», – dedi murabbiy.
Kastroning qo‘shimcha qilishicha, bu qaror klub rahbariyati va futbolchilar bilan birgalikda qabul qilingan.