Buxorodagi «avtozapchast» do’konida portlash yuz berdi

Buxorodagi «avtozapchast» do’konida portlash yuz berdi

Bugun, 1-mart kuni soat 08:57 larda Buxoro viloyati, Buxoro shahar, “Yoshlik” MFY, Alpomish ko‘chasida joylashagan 2-qavatli binoning 1-qavatidagi avtomobil ehtiyot qismlari do‘konining yerto‘lasida portlaash  sodir bo’lgan. Bunga gaz-havo aralashmasining chaqnashi natijasida sodir bo‘lganligi taxmin qilinmoqda.

FVV matbuot xizmatining xabar berishicha, chaqnash oqibatida 1-qavatning 2 dona beton plitasi qulab tushgan. Hozirda uning sababi va zarari aniqlanmoqda. Voqea joyida yong‘in sodir bo‘lmagan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 1 nafar fuqaro olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida xalok bo‘lgan va yana 1 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yuborilgan. Voqea joyiga viloyat va shahar FVB rahbariyati hamda yong‘in-qutqaruv ekipajlari, IIB, Prokuratura, “Hududgazta’minot” va SSB xodimlari chiqishgan.

Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.