NATO veb-sayti hujumga uchradi, gumonda rossiyalik xakerlar guruhi

NATO veb-sayti hujumga uchradi, gumonda rossiyalik xakerlar guruhi
foto: RIA-Novosti

NATO veb-saytlariga, jumladan, maxsus operatsiyalar kuchlari shtab-kvartirasi portaliga hujum qilishdi – DPA agentligi.

Xabarda aytilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki “rossiyaparast faollar” NATOning maxsus amaliyotlari (NSHQ) shtabi saytiga hujum qilgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan. Xususan, hujum ortida “Rossiyaning Killnet xakerlar guruhi” turgani haqida gumon qilinmoqda. Ammo halicha bu gumonlar isbot-dalilini topganicha yo’q.