Chimkentda erkak 2 yoshli jiyanini derazadan uloqtirdi

Chimkentda erkak 2 yoshli jiyanini derazadan uloqtirdi

Qozog‘istonning Chimkent viloyatida 40 yoshli erkak 2 yoshli jiyanining yigʻlashiga chiday olmay, uni 3-qavat derazasidan uloqtirib yuborgani aytilmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, chaqaloqning onasi tez yordam chaqirgan, biroq shifokorlar goʻdakni qutqarib qololmagan. Jinoyat ishlari boʻyicha Chimkent shahar sudining xulosasiga koʻra, erkak aqldan ozgan va chaqaloqning yigʻlashiga chiday olmagani uchun undan qutulishga qaror qilgan. Aybdor javobgarlikdan ozod qilinib, psixiatriya shifoxonasida majburiy davolanishga yuborilgan.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.