Navoiyda noqonuniy baliq ovlash natijasida tabiatga 1 milliarddan ortiq zarar yetkazildi.
Konimex tumanining “Shoʻrkoʻl” MFY hududida fuqaro Y.O. tomonidan 5000 metrlik sintetik toʻr yordamida tabiiy suv havzasidan 218 bosh baliq noqonuniy ovlangan. Natijada tabiatga 1 milliard 240 million 300 ming soʻm zarar yetkazilgan.
Maʼlumot uchun, baliqlarning urugʻ qoʻyish mavsumi davomida Amudaryo va Sirdaryo suv havzalarida 10-martdan 31-mayga qadar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati suv havzalarida 25-apreldan 10-iyunga qadar va boshqa barcha suv havzalarida 16-apreldan 31-mayga qadar baliq ovlash mumkin emas.
Qarzdorning 21 ta mashinasi olib, auksionga chiqariladi
Boysunda qarzdorning 9 ta “BYD” mashinasini auksionga chiqarilish choralari ko'rilmoqda Boysun tumandagi “Azia-Constuction" MCHJning soliq hamda boshqa yuridik tashkilotlar oldida jami 14 milliard so‘mdan ortiq...