Pokiston poytaxti Islomoboddagi aholi punktiga leopard qochishi oqibatida 4 kishi jarohatlandi. Bu haqda «Sputnik» axborot agentligi xabar bermoqda.
Unda aytilishicha, Pokiston poytaxti Islomoboddagi turar-joylardan biriga leopard odamlarni ortidan tashlanish holati kuzatilgan. Leopardning odamlarga hujum qilishi natijasida 4 kishi jarohatlangan. Ogohlantirishlar ortidan Islomobod Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan ko’plab guruhlar mintaqaga yuborilgan. Atrofdagi odamlar tomonidan olingan kadrlarda leopardning odamlarga hujum qilib yugurib yurgani va bir kishi qurol bilan leopardni otgani ko‘rinadi.
Rasmiylar aholini o’z uylarida qolishga chaqirmoqda va leopard qurilayotgan binolar ichida yashiringanligi aytiladi. Uning qayerdan kelib qolganligi hozircha noma’lum.
Hindiston va Pokiston osmoni zaharli tutun bilan qoplandi
“Pokistonning sharqiy va Hindistonning shimoliy hududlarida havo ifloslanishi darajasi shunchalik yuqoriki, hosil boʻlgan tutunli tuman kosmosdan ham yaqqol koʻrinmoqda”, deb yozadi CNN.