“Ayollar daftari”da turganlarning kontrakt toʻlovini maʼlum qismi toʻlab beriladi.
Hukumatning 2022-yildagi 145-son qarorida,
Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan (Taʼlim shaklidan qatʼiy nazar) “Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlar yoxud ularning oliy taʼlimda tahsil olayotgan ikki va undan ortiq farzandlarining bir nafariga bir marotaba BHMning 15 baravarigacha (5 100 000 soʻmgacha) toʻlov-kontraktini toʻlab berilishi mumkinligi belgilangan.
Qoʻshimcha maʼlumot:
Ushbu imtiyozdan foydalanish uchun Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasiga murojaat qilininadi;
Mablagʻ “Ayollar daftari” jamgʻarmasi tomonidan ajratiladi;
Mablagʻ ajratilishiga koʻmaklashuvchi masʼul hokim yordamchisi xisoblanadi.