Rossiya Tergov qoʻmitasi Bosh tergov boshqarmasi tergovchilari tomonidan Federal xavfsizlik xizmati va Rossiya IIV bilan hamkorlikda Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlarining radiatsiyaviy, kimyoviy va biologik himoya qoʻshinlari boshligʻi Igor Kirillov va uning yordamchisi Ilya Polikarpov halok boʻlgan teraktni sodir etishda gumon qilingan 1995-yilda tugʻilgan Oʻzbekiston fuqarosi qoʻlga olindi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Tergov qoʻmitasi Matbuot xizmati xabar berdi.
“Qoʻlga olingan shaxs tergovchi huzuriga olib kelinib, u bilan tergov harakatlari olib borilmoqda. Soʻroq davomida u Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan yollanganini tushuntirdi.
Harbiy xizmatchining yashash joyini kuzatish maqsadida u karshering avtomobilini ijaraga olgan va u yerda videokuzatuv kamerasini oʻrnatgan. Ushbu kameradan olingan tasvir Dneprdagi terakt tashkilotchilariga onlayn translyatsiya qilingan.
Harbiy xizmatchilarning podezddan chiqishi haqida videoaloqa olinganidan soʻng, ular tomonidan portlatish qurilmasi masofadan turib ishga tushirilgan,” – deyiladi xabarda.
Ushbu jinoyatni sodir etganligi uchun unga 100 ming AQSH dollari miqdorida pul mukofoti va Yevropa mamlakatlaridan biriga yashash uchun ketish kafolatlangan.
Ushbu jinoyatni tashkil etishga aloqador boʻlgan boshqa shaxslar aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu jinoyatni sodir etganligi uchun unga $100 ming pul mukofoti va Yevropa mamlakatlaridan biriga yashash uchun ketish kafolat berilganligi vaj qilinmoqda.